Turkiyada bir milliondan ortiq mehmonxona yotoqlari barqarorlik tashxisidan namunali o'tib, o'z sertifikatlariga ega bo'ldi

Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan WTM da e’lon qilingan raqamlarga ko’ra, Turkiyadagi bir milliondan ortiq mehmonxona yotoqlari barqaror turizm ishonchnomasi va sertifikatlarini qo’lga kiritdi. Turkiya Milliy Barqarorlik Turizmi dasturi doirasida 1044189 yotoq sig’imi bo’lgan 7500 dan ortiq mehmonxona sertifikat olish huquqiga ega bo’ldi. Sertifikatlash jarayoni, Turkiyaning hukumat darajasidagi shartnomani imzolagan dunyodagi birinchi davlat bo’lgani, Global Barqaror Turizm Kengashi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan dasturning ajralmas qismidir.

Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy Londondagi “Jahon Sayohat bozori”ning birinchi kunida shunday dedi: “2023 yilning yanvar-sentyabr davrida Turkiyaga tashrif buyurganlarning umumiy soni 45 million 230 ming 69 nafarni tashkil etib, 2022 yilning xuddi shu davriga nisbatan 12,4 foizga o’sdi. Buyuk Britaniya bizning eng muhim maqsadli bozorlarimizdan biridir. ABTAning yillik Sayohat konvensiyasi joriy yilning 29 oktyabr va 2 noyabr kunlari Bodrumda bo’lib o’tgani ham buni tasdiqlaydi. Biz sayyohlik sektorimiz o’sishiga katta e’tibor qaratgan bo’lsakda, mamlakatimiz resurslarini kelajak avlodlar uchun himoya qilishga sodiqmiz. 2023 yilning 9-oyiga kelib Turkiyaga 45 milliondan ortiq kishi tashrif buyurdi. Eng yirik turizm hududlarimizdagi bir milliondan ortiq mehmonxona yotoqlari barqarorligi tasdiqlangan va sertifikatlanganligi sababli, Turkiyaga tashrif buyurayotgan ko’plab xalqaro mehmonlar ushbu turar joy binolarida qolayotganini ko’rishdan bag’oyatda mamnunmiz.”

Turkiya stendi WTM da N8-210 raqamli joydan o’rin olgan. 808 metr kvadratlik stendda mamlakatning ko’zga ko’ringan manzillari, velosport marshrutlari, Milliy barqaror turizm dasturi va butun mamlakat bo’ylab 50 ta barqaror turizm tajribalari aks ettiriladi. Stend Turkiyaning boy tarixiy va madaniy merosi bilan bir qatorda barqaror lazzat turizmi imkoniyatlarini ham yoritib beradi.

Turkiyaning to’rtta yirik turizm mintaqasida Milliy Barqaror Turizm Dasturining borishiga nazar tashlaydigan bo’lsak, Antaliyada 1144, Istanbulda 966, Mug’lada 639 va Izmirda 488 turar joy ob’yekti tasdiqlandi/sertifikatlandi.