Britaniyaning mashhur «Titanik» layneri cho’kib ketishidan uch kun oldin kechki ovqat uchun taqdim etilgan taomlar ro’yxati (menyu) 83 ming funt sterling (taxminan 100 ming dollar)ga sotildi. 1912 yil 11 apreldagi menyu Britaniyaning Uilshir grafligida kim oshdi savdosida sotildi.
Suv bilan deformatsiyalangan taomlar ro’yxatida aytilishicha, transatlantik kemada yo’lovchilarga istiride, qizil ikra, mol go’shti va pyure, kalamar, shuningdek, shirinliklar, xususan, o’rik bordalu va «Viktoriya» pudingi taqdim etilgan.
Menyu Kanadaning Yangi Shotlandiya shtati, Dominion shahridan tarixchi Len Stivensonga tegishli bo’lgan 1960-yillardagi fotoalbomda topilgan, deya xabar beradi The Observer nashri.
Boshqa lotlar qatoriga Nyu-York iskalalaridan birida kema qutqarilgan yo’lovchilar oldidan sotib olingan katakchali ko’rpacha, shuningdek, «Titanik»da halok bo’lgan Rossiya imperiyasida ishlab chiqarilgan cho’ntak soati ham bor edi.