Dunyodagi eng katta olmos Britaniya auksion uyida 4 million dollardan ko’proqqa sotildi. Juda kam uchraydigan 555,55 karatlik noyob Enigma olmosi 2006 yilda Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng katta kesilgan olmos sifatida kiritilgandi.
Enigma Afrikaning “Buyuk yulduz” (530,2 karat) va “Oltin yubiley” (545,67 karat) nomli olmoslaridan og’irroq bo’lib, u nafaqat dunyodagi eng katta tabiiy rangli qora olmoslardan biri, balki dunyodagi eng katta kesilgan olmos hamdir.
Qora olmoslar taxminan 3,8 milliard yil oldin Yerga kelib tushgan meteorit yoki asteroidlardan hosil bo’lgan. Yerning chuqurligida hosil bo’lgan ko’pgina olmoslardan farqli o’laroq, karbonadlar Yer yaqinida yoki uning yuzasida allyuvial cho’kindilardan topiladi. Bu odatda faqat Braziliya va Markaziy Afrikada uchraydigan noyob tabiiy hodisa hisoblanadi.