«Yosh olim – 2020» xalqaro tanlovi oltin medali andijonlik yigitga nasib etdi

Andijonlik yigit «Yosh olim – 2020» xalqaro tanlovi oltin medaliga loyiq deb topildi.

Qozog’istonning Nursulton shahrida MDH davlatlari o’rtasida o’tkazilgan «Yosh olim – 2020» xalqaro tanlovida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi, Andijon davlat universiteti 1-bosqich talabasi Hasanboy Qosimov faxrli 1-o’rinni egalladi va 1-darajali diplom hamda oltin medal bilan taqdirlandi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi MDH davlatlari oliy ta’lim muassasalari talabalarini qo’llab-quvvatlash, ilm-fan, texnika rivojlanishiga hissa qo’shayotgan yoshlarni aniqlab, ularni munosib rag’batlantirishdan iborat.