Floridalik biznesmen yuzlab qo'shnilarining qarzini to'lab berdi. Chunki 2020 yilda kichkina bo'lsa ham mo''jiza ro'y berishi kerak

Floridaning Galf-Briz shahrida istiqomat qiluvchi Maykl Esmond ismli 74 yoshli biznesman 114 nafar oilaga kommunal xizmatlardagi qarzini — 7,5 ming dollardan ortiq mablag’ni to’lashga yordam berdi, deb yozadi Meduza.

2020 yilda Galf-Briz nafaqat pandemiyadan, balki «Salli» to’fonidan ham zarar ko’rgan. Esmondning so’zlariga ko’ra, shahardagi ko’plab tomlar hamon brezent bilan qoplangan. Bu ham yetmaganidek sentyabrda barcha Galf-Brizni Pensakola shahri bilan birlashtirib turuvchi ko’prikka zarar yetkazgan.

Barcha holatlar inobatga olingan holda shahar aholisiga suv, gaz va kanazilatsiya to’lovlarini 60 kundan kechiktirmasdan to’lagunlariga qadar o’chirmaslikka va’da bergan. Biroq ko’pchilik hatto 100 dollarni ham to’lay olmagan — shu sababli Esmond yordamga yetib kelgan.

2020 yil qurilish va basseynlarni ta’mirlash bilan shug’ullanadigan biznesmenga, aksincha, omadli kelgan. Shu qadar omadli kelganidan u bundan «hatto uyalgan».

Biroq qachonlardir Esmondning ishlari yaxshi bo’lmagan: 1980 yillarda uning o’zi kommunal xizmatlardan qarzdor bo’lib qolgan va gazini o’chirib ketishgan. Erkak uch nafar qizi bilan sovuqda qolgan. «Hisoblarni to’lay olmaslik qanday bo’lishini tushunaman, chunki o’zim ham shunaqa holatga tushganman. Umid qilamanki, odamlar Rojdestvo arafasida biroz bo’lsa-da stressga tushmasligiga yordam berdim», — deydi Esmond.

Esmond o’z shahrining aholisiga birinchi marotaba yordam bermayapti: 2019 yilda u 36 oilaning 4600 dollar miqdoridagi hisobini to’lab bergan.