Fransiya fuqarosi lotereyada rekord daraja pul yutib oldi

Fransuz fuqarosi “EuroMillions” lotereyasida 200 million yevro yutib oldi.

«Mirror» xabariga ko’ra, bu nafaqat mamlakat, balki Yevropadagi ushbu o’yinning butun tarixi davomidagi rekord yutuqdir.

Ma’lum bo’lishicha, bundan oldingi Yevropa rekordi Buyuk Britaniya fuqarosi tomonidan 2019 yilda o’rnatilgan. O’shanda g’olib 190 million yevroni qo’lga kiritgan. Fransiyadagi eng katta yutuq esa 2012 yilda o’z egasini topgan 170 million yevro bo’lgan.

Qayd etilishicha, g’olib 60 kun ichida o’zi haqida xabar berishi va pulni olib ketishi mumkin.