Turli mamlakatlardagi g'alati va bema'ni taqiqlar

Hayot ajoyib va qiziqarli, har bir xalq va millatning o’z an’anasi, qonun-qoidasi bor. Ba’zi taqiqlar asosli va haqqoniy, ba’zilari esa g’alati va bema’ni.

Kanadada xodunoklar taqiqlangan

Turli mamlakatlardagi g'alati va bema'ni taqiqlar

Xodunoklar bolaning to’g’ri rivojlanishiga halal beradi, bo’g’imlar, suyaklar va mushaklarga nisbatan bosim noto’g’ri tushadi. Agar bolali uyda xodunoklar aniqlansa, oilaga 100 ming dollar miqdorida jarima solinadi, va hattoki qamoq jazosi ham qo’llanilishi mumkin.

Ayova shtatida begonalarga qarab ko’z qisish taqiqlanadi

Turli mamlakatlardagi g'alati va bema'ni taqiqlar

Ro’parangdagi ayolni tanimaysanmi – ko’zingni qisma!

Oklaxomada kuchuklarga qarab, yuzni burishtirish mumkin emas

Turli mamlakatlardagi g'alati va bema'ni taqiqlar

Bunday qiliq qilganlarga nisbatan jarima solinadi yoki qamoq jazosi belgilanadi.

Kapri orolida qattiq tovushli oyoq-kiyim kiyish taqiqlanadi

Turli mamlakatlardagi g'alati va bema'ni taqiqlar

Jamoat xavfsizligi yuzasidan yurganda taqillaydigan yoki shapillaydigan oyoq-kiyim kiyganlar jarimaga tortiladi.

Singapurda saqichlar taqiqlangan

Turli mamlakatlardagi g'alati va bema'ni taqiqlar

Singapurda saqichlarni sotish va sotib olish mumkin emas. Ko’chada chaynab tashlangan saqich uchun 500 dollar jarima solinadi.

AQShning Delaver shtatida ayollarning erkaklarga oila qurishni taklif qilishi taqiqlanadi

Turli mamlakatlardagi g'alati va bema'ni taqiqlar

AQSh ning Florida shtatida oilasiz ayollarning yakshanba kunlari parashyutdan sakrashi mumkin emas

Turli mamlakatlardagi g'alati va bema'ni taqiqlar

Yakshanba kunlari yolg’iz, eridan ajrashgan yoki beva ayollarning parashyutdan sakrashi taqiqlanadi. Qonunni buzganlarga nisbatan jarima solinadi yoki qamoq jazosi qo’llaniladi.

AQShning Nyu-Jersi shtatida restoranlarda suyuq ovqatlarni shopirib ichish taqiqlanadi

Turli mamlakatlardagi g'alati va bema'ni taqiqlar

Suyuq ovqatlarni ichayotganda hech qanday yoqimsiz ovozlar chiqishi mumkin emas.

Barbadosda kamuflyaj kiyimni kiyish taqiqlanadi

Turli mamlakatlardagi g'alati va bema'ni taqiqlar

Agar siz giyohvandlikka qarshi kurashish tashkiloti yoki Barbados Qurolli kuchlariga kirmasangiz, har qanday kamuflyajli narsalarni kiyishingiz taqiqlanadi.

Saudiya Arabistonida jamoat joylarida musiqa tinglash mumkin emas

Turli mamlakatlardagi g'alati va bema'ni taqiqlar

Bu yerda maktab va institutlarda va hattoki musiqa do’konlarida ham musiqa tinglash taqiqlanadi.

Germaniyada katta avtomobil yo’lda benzin tugab qolsa, jarimaga tortiladi

Turli mamlakatlardagi g'alati va bema'ni taqiqlar

Agar avtomobilda benzin tugab qolsa, harakat qilayotgan boshqa avtomobillarga halaqit berganlik sababli haydovchi jarimaga tortiladi

Fransiyada tushlik vaqtida ketchup yeyish taqiqlangan

Turli mamlakatlardagi g'alati va bema'ni taqiqlar

Maktab va kollejda o’quvchilarga tushlik paytida ketchup iste’mol qilish taqiqlanadi. Bu harakat shakar iste’molini kamaytirish hamda milliy ovqat sifatini himoya qilish maqsadiga qaratilgan. Ayni damda esa AQShda ketchup sabzavot o’rnida iste’mol qilinadi.

AQShning Vermont shtatida tish protezlari ayollar uchun taqiqlangan

Turli mamlakatlardagi g'alati va bema'ni taqiqlar

Vermont shtatida ayollarning tanglay tishlar taqishlari uchun erlarining yozma ravishdagi ruxsatnomasi kerak bo’ladi.