Sharq ayollari azal-azaldan o’zlarining sirli go’zalliklari bilan ajralib turishgan. Ulardagi bu sirlilikning asosiy sababi – sog’lom turmush tarzi va tabiiy kosmetik vositalardan foydalanishdir.
Sharq go’zallarinig soch parvarishi
Qatiq – soch parvarishida ajoyib vosita. Qadim-qadimdan Sharq ayollari sochni qatiqda yuvishgan, bu esa o’z navbatida sochlarga tabiiy jilo bergan.
Shu o’rinda qatiq o’rniga kefir ishlatish mumkinmi, degan savol tug’ilishi tabiiy. Kefir tarkibiga turli kimyoviy qo’shimchalar qo’shilganligi sabab, u kutilgan natijani bermaydi.
Bundan tashqari sochlarga hina yordamida ham jilo berish mumkin. Xina tarkibida efir moylari va oshlovchi moddalar ko’p bo’lib, u sochga yengil qizg’ish tus beradi.
Teri parvarishi
Sharq ayollarining har doim jilvakor ko’rinuvchi tiniq yuzlarining siri tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan niqobdandir.
Tiniqlashtiruvchi niqob esa quyidagicha tayyorlanadi:
Qahva quyqumiga ozroq tuz, dolchin va kurkum qo’shib aralashtirilib, yuzga surtiladi.
Yana bir niqob: 1 choyqoshiq shakar 1 choy qoshiq zaytun yog’i bilan aralashtiriladi.
Sellyulitdan xalos bo’lish
Buning uchun qahva quyqumiga 1 choy qoshiqdan shakar, kurkum, dolchin va 1-2 choy qoshiq zaytun yog’i, yirik tuz solib aralashtiriladi. Hosil bo’lgan massa tanaga aylana harakat bilan surtilib, 10 daqiqa qoldiriladi. So’ngra iliq suvda yuvib tashlanadi.
Qordek oppoq tishlar
Tishlarni uy sharoitida oqartirish uchun Sharq ayollarining quyidagi resepti yordam beradi deb o’ylaymiz.
Buning uchun quruq tish cho’tkasiga yogurt yoki smetana surtib, tishlar tozalanadi va 5 daqiqa qoldiriladi. So’ngra og’iz chayib tashlanadi.
Bu jarayon bir kunda 3-5 marta takrorlanadi. Ammo shuni unutmang, tishlarni ushbu usulda tozalash haftada bir marta amalga oshirilishi mumkin.