Dunyo bo'ylab quyosh tutilishi suratlarda

Kecha, 2019 yil 26 dekabr kuni dunyo bo’ylab quyosh tutildi. Oy o’zining Yer atrofidagi harakati davomida Quyosh va Yer o’rtasida turib qolib, Quyoshdan kelayotgan nurni to’sib qo’yganda “quyosh tutilishi” deb nomlangan tabiiy hodisa sodir bo’ladi. Quyosh tutilishi dunyoning qaysidir mintaqasida to’liq, yana qaerdadir qisman ko’rinadi. The Guardian nashri ushbu hodisani turli tomonlardan kuzatishga imkon berdi.

Dunyo bo'ylab quyosh tutilishi suratlarda

Markaziy Myanmada (Birma) joylashgan Van Tvin osmonida quyosh tutilishi mana shundy ko’rindi.

Dunyo bo'ylab quyosh tutilishi suratlarda

Tailand poytaxti Bangkokda ham Quyosh yarim Oy ko’rinishida tutildi. Quyoshning keyingi marta to’liq tutilishi 2020 yil iyunida bo’ladi va Afrikadan Shimoliy Osiyogacha bo’lgan hududlarda aniq ko’rinadi.

Dunyo bo'ylab quyosh tutilishi suratlarda

Myanmalik bolalar qora ko’zoynak vositasida quyosh tutilishini kuzatmoqda.

Dunyo bo'ylab quyosh tutilishi suratlarda

Yaman poytaxti Sanoda Quyosh to’lib borayotgan Oy tusiga kirdi. (Yangi Oyning “o’rog’i” o’ngdan chapga qaragan bo’ladi.)

Dunyo bo'ylab quyosh tutilishi suratlarda

Hindistonning Mumbay shahridagi maktab o’quvchilari maxsus usul bilan Quyosh tutilganda ko’rinadigan “olovli xalqa”ni kuzatishga urinmoqda.

Dunyo bo'ylab quyosh tutilishi suratlarda

Bangkok osmonida Quyosh tutilishi uzra uchayotgan qush.

Dunyo bo'ylab quyosh tutilishi suratlarda

Pokiston poytaxti Islomobodda yashaydigan qiz quyosh tutilishini rentgen qog’ozi vositasida kuzatyapti. Ehtiyoj kashfiyotlarga sabab bo’ladi.

Dunyo bo'ylab quyosh tutilishi suratlarda

Hindistonning Tamil Nadu shtati Dindigul shahrida Quyosh to’liq “olovli xalqa” ko’rinishida tutildi.

Dunyo bo'ylab quyosh tutilishi suratlarda

Bahrayn uzra quyosh tutilishi.

Dunyo bo'ylab quyosh tutilishi suratlarda

Indoneziyadagi Banda Acheh shahrida Quyosh tutilishini kuzatayotgan qizaloq.

Sof.uz