Mbappe yozda yana 100 million yevroga boyishi mumkin

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe yozda katta miqdorda pul mukofoti olishi mumkin, deb xabar beradi The Sun L’Equipe nashriga tayanib.

Manbaga ko’ra, 24 yoshli fransiyalik futbolchining shartnomasida sodiqlik uchun bonus bor: agar futbolchi yozgi transfer oynasida jamoani tark etmasa, u 100 million yevro oladi. Bundan tashqari, agar u Chempionlar ligasida g’olib chiqsa, Mbappening «PSJ» bilan shartnomasi avtomatik ravishda yangilanar edi.

Joriy mavsumda Mbappe barcha musobaqalarda 31 ta o’yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo’ljallangan, Transfermarkt futbolchini 180 million yevroga baholamoqda.