Zidan bu ishga qattiq bel bog'lagan ko'rinadi

«Manchester Yunayted» klubi hamda Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu «Pari Sen-Jermen»ga o’tishi mumkin. Bosh murabbiylikka taklif qilingan Zinedin Zidanning shartlaridan biri aynan Ronalduni Parijga ko’chirib kelish.

«Marca» mavsum tugashi bilan Maurisio Pochettino bosh murabbiylikdan ketishi mumkinligini yozdi. O’rniga «Ronaldu va yana ayrim» shartlari bilan afsonaviy Zidan kelishi ehtimolda.

«Real Madrid»dan bo’shaganidan beri Zidan ishsiz. «MYu» bilan mavsum so’ngigacha shartnomalashgan Ronaldu boshqa joylardan chiqajak yaxshiroq takliflarga ochiqligini yashirmayapti.

Ronaldu joriy mavsumda «MYu» safida Premyer-liganing 18 o’yinida 8 gol, 3 golli uzatma egasi bo’ldi.