Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCh-2026da terma jamoada o’ynamasligini bildirdi, deya xabar bermoqda L’Equipe.
35 yoshli futbolchi Argentina terma jamoasida kamida 2024 yilda Amerika Kubogiga qadar o’ynashni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, Messi uchun Yevropaning top-klubida o’ynash ustuvor vazifa bo’lib qolmoqda.
Futbolchining parijliklar klubi bilan shartnomasi shu yozda tugaydi, biroq shartnomada yana bir mavsumga uzaytirish varianti ko’zda tutilgan, uni kim faollashtirishi mumkinligi haqida xabar berilmagan.
Izohlarni ko`rish