Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erlin Xoland kelasi yilning yozida Germaniya Bundesligasini tark etishi mumkin. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.
Norvegiyalik hujumchi xizmatiga «Real», «Bavariya», «Manchester Siti» va «Chelsi» kabi jamoalar tomonidan jiddiy qiziqishlar bo’lmoqda.
O’z navbatida futbolchining agenti Mino Rayola mijozi yozda jamoasini almashtirmoqchi ekanini aytdi.
«U klubini o’zgartiradi. Unga bir nechta katta klublardan jiddiy qiziqishlar bor. Ulardan biriga borishi mumkin. Kelasi yozda barchasini bilib olishimiz mumkin», — dedi Mino Rayola.
Izohlarni ko`rish