15 yoshli «Cobalt» haydovchisi YTH sodir etdi

Joriy yilning 8 dekabr kuni Toshkentning Shayxontohur tumanida 15 yoshli bola yo’l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

YTH taxminan soat 22:00 da Shifo-nur va Talabalar ko’chalari kesishmasida yuz bergan. Cobalt avtomobilini tegishli huquqsiz boshqargan 15 yoshli A.M. qarama-qarshi harakat yo’ligiga chiqib, 33 yoshli R.I. boshqaruvidagi Matiz avtomobiliga to’qnashgan.

To’qnashuvdan so’ng Cobalt harakatni boshqaruvsiz davom ettirib, daraxtga to’qnashgan va yonishni boshlagan. Yong’in voqea joyiga yetib kelgan yong’in xavfsizligi xodimlari tomonidan o’chirilgan.

To’qnashuv oqibatida ikkala haydovchi ham tan jarohati bilan tibbiyot muassasasiga yetkazilgan. Xabarda aytilishicha, ularning holati qoniqarli.

Ushbu fakt bo’yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tergov tekshiruv o’tkazilmoqda.