“Barselona” bosh murabbiyi Xavi “Atletik Bilbao”ga qarshi Ispaniya kubogi 1/8 final bosqichidagi muvaffaqiyatsiz o’yin haqida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
“O’ylashimcha, “Atletik” bugun ajoyib o’yin o’tkazdi. Ular himoyada juda yaxshi o’ynadi. Pedrining asosiy vaqt oxirida kiritgan goli bizga umid bergandi, ammo keyingi penalti barchasini hal qildi. Qolgan vaqt davomida o’yinni saqlab qolishga harakat qildik, biroq amalda hech narsa qila olmadik. Hech narsani o’zgartirishga hojati yo’q, biz faqat o’zimizga ishonishimiz va bor e’tiborimizni La Liga hamda Yevropa Ligasiga qaratishimiz kerak. Biz mashg’ulotlarda astoydil ishlashda davom etishimiz kerak”, – deydi keltiradi Xavi.
Izohlarni ko`rish