Xavi “Al-Sadd”ga tovon puli to'laydi

“Al-Sadd” bosh murabbiyi Xavi “Barselona”ni boshqarish uchun ma’lum miqdorda tovon puli to’laydi.

Qatarlik jurnalist Muhammad Al Kaabi so’zlariga ko’ra, Xavi “Barselona” yo’l olishi uchun o’zining hisobidan “Al-Sadd”ga 5 million yevro to’laydi.

Avvalroq 5 million yevroning yarmini “Barselona”, qolgan yarmini esa Xavi to’lashi borasida ma’lumotlar paydo bo’lgan edi.

Eslatib o’tamiz, “Al-Sadd” bugun Xavini tark etayotganini tasdiqlagandi.

sports.ru