🔷 Changning zarari uning o’lchamlariga hamda nafas olish hududidagi konsentratsiyasiga bog’liq. Inson uchun eng zararli changlar qatorida kvars yoki asbest changlarini sanab o’tish mumkin. Undan keyin esa ko’mir changi turadi.
🟣 Changlar o’pkaning pnevmokonioz, chang bronxiti kabi kasalliklarini qo’zg’atishi mumkin. Chang bolalarga ham jiddiy zarar yetkazadi. Ularning nozik o’pkalari tashqi omillarga juda ta’sirchan bo’ladi. Chang bo’ronlari, ayniqsa allergik kasalliklari, xususan bronxial astmasi bor bemorlar uchun xavfli. Bunday bemorlar shundoq ham nafas qisilishidan aziyat chekadilar, bu kabi bo’ronlar esa ularni yanada mushkul vaziyatga tushiradi.
❇️ Yuqori nafas yo’llarining mavsumiy kasalliklaridan aziyat chekayotganlar chang ta’siriga tushib qolishdan ehtiyot bo’lishlari lozim.
⭕️ Chekuvchilar ham bunday paytda jiddiy sinovdan o’tadilar. O’pkaning katta qismini tamaki zahari bilan ishdan chiqarib bo’lganlar uchun nafas olish hajmini yetarlicha ta’minlolmay qolishi mumkin.