Kecha Bahraynda OFK kubogi final uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Final bahsidan keyin g’olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o’tkazildi.
Unga ko’ra, “Nasaf” hujumchisi Husayn Norchayev musobaqa to’purariga aylandi. U turnir davomida raqiblar darvozasini 7 marotaba ishg’ol qildi. Finaldan keyin Norchayevga mahsus sovrin topshirildi.
Bundan tashqari, Halol o’yin ya’ni, “Fair Play” sovrini ham “Nasaf”ga berildi va uni jamoa sardori Umarbek Eshmurodov tashkilotchilar tomonidan qabul qilib oldi.
Bundan tashqari, jamoaning barcha a’zolari musobaqaning ikkinchi o’rni uchun berilgan kumush medallari bilan taqdirlanishdi.
Izohlarni ko`rish