Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov futbolga munosabati haqida gapirdi.
“Bu yerda (Londonda) juda ko’p turli odamlar bor. O’ylaymanki, «Arsenal», «Chelsi», «Tottenxem», «Manchester» muxlislari bor, shuning uchun men o’zimning sevimli ingliz futbol jamoam nomini aytmayman. Men Angliya Premyer-ligasini yaxshi ko’rishimni aytaman. Menga futbol yoqadi va umuman futbol MMA dan ancha yaxshi. Buni men avval ham aytganman va doim aytaman. Odamlar buni bilib: «Nega unda MMA jangchisi bo’ldingiz?» Rostini aytsam, bu qandaydir tasodif. Bu mening Dog’istonda tug’ilib o’sganim tufayli sodir bo’lganiga ishonaman. Agar men Angliyada tug’ilganimda, futbolchi bo’lgan bo’lardim», dedi Xabib Londondagi xayriya oqshomida.
Nurmagomedov 29 ta jangda 29 ta g’alabaga erishgan. Rossiyalik jangchi faoliyatini 2020 yil oktyabr oyida amerikalik Jastin Getji ustidan g’alaba qozonganidan so’ng faoliyatini yakunlagan edi.