Ummon mamlakati parlamenti vakili Ahmad al-Barvaniy Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messiga Jahon chempionatida sovg’a sifatida olgan arab milliy kiyimi — bisht uchun 1 million dollar taklif qildi.
«Ummon Sultonligi nomidan sizni jahon chempionatidagi g’oliblik bilan tabriklayman. Arabcha bisht — bu qirollik va zakovat ramzi. Mazkur bishtni menga berishingiz uchun sizga 1 million dollar taklif qilaman.
Men final o’yinida stadionda edim va Qatar Amiri Messiga ushbu bishtni sovg’a qilayotganini jonli ko’rdim. U butun dunyoga bizning madaniyatimizni namoyish etdi. Ushbu turnir — bizning faxrimiz. Ushbu musobaqa arablar yakdil ekanini ko’rsatib berdi.
Agar Messi ushbu bishtni sotsa, uni turnirdan esdalik sifatida olib qo’yamiz. U bizga har qanday ishni amalga oshira olishimiz mumkinligini eslatib turadi», — dnya yozdi Al-Barvaniy «tvitter» orqali.