Nufuzli “Matchroom Boxing” kompaniyasi shu yilning 17 dekabr sanasida Toshkent shahrida professional boks oqshomi tashkil etilishi haqida rasman e’lon qildi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, boks oqshomining markaziy jangida hamyurtimiz Isroil Madrimov Fransiya sharafini himoya qilayotgan Mishel Soroga qarshi ringga ko’tariladi.
Ayni paytda Mishel Soro WBA reytingida 1-o’rinni egallab turibdi. Isroil Madrimov esa 2-pog’onadan joy olgan. Mazkur jangda g’olib chiqqan bokschi chempionlik jangi uchun majburiy da’vogarga aylanadi.
Shuningdek, ushbu kechada professional boksda faoliyat ko’rsatayotgan hamyurtlarimizdan Shahram G’iyosov, Hasanboy Do’smatov, Bektemir Meliqo’ziyev, Iqboljon Xoldorov, Elnur Abduraimov va Dilshodbek Ro’zmetovlar ham ringga ko’tarilishi kutilmoqda.
Chiptalarni qayerdan olsak boʻladi