BOLAGA ShIRINLIK KO'P BERILSA…

Bir yoshgacha bo’lgan go’daklardlarda shakarga hech qanday ehtiyoj bo’lmaydi va shuning uchun tarkibida qand moddasi bo’lmagan pyure va sharbatlar xarid qilish eng ma’qul ish hisoblanadi. Bola bo’tqani ko’proq yesin deb, uning har bir qoshig’iga shakar solish ham yaxshi emas.

Bir yoshga to’lgan bolani ham ortiqcha shirinliklar bilan siylash yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi mumkin. Tez hazm bo’ladigan kaloriyalar bolalarda semirish va qand kasalligini keltirib chiqarishi mumkin. Bunday kasalliklarni esa butun hayot davomida nazorat qilib turishga to’g’ri keladi. Shuning uchun yosh bolalarga ortiqcha shirinliklar berishni to’xtatish zarur.

Shirinliklarni me’yordan ortiq iste’mol qilish tishlarning qurtlashi (karies)ga olib keladi, chunki kichkina yoshdagi bolalarning tishlarida shirinliklar oqibatida paydo bo’ladigan bakteriyalar uchun qulay sharoit mavjud.