Transferlarga oid eng so'nggi yangiliklar bitta sahifada

▫️“Atalanta” Jan Pero Gasperini bilan shartnomani uzaytirdi. Tomonlar 2024-yilning yoziga qadar mo’ljallangan bitim imzolagan;

 

▫️“Barselona” himoyachisi Ronald Arauxoga “Chelsi” va “Liverpul”dan qiziqish bo’lmoqda (Diario Sport);

 

▫️“Nyukasl” “Inter” yarim himoyachisi Marselo Brozovichni qo’lga kiritmoqchi. Unga 4 yillik shartnoma uchun 26 mln yevro va’da qilingan (Nikolo Skira);

 

▫️Luka Modrich “Real”ni tark etishi mumkin. “Manchester Siti” uni yozda tekinga qo’lga kiritmoqchi. Ushbu transferni Gvardiola xohlamoqda (Goal);

 

▫️“Manchester Yunayted” yozda Italiya terma jamoasi ustozi Roberto Manchinini bosh murabbiylikka tayinlamoqchi. Agar Italiya JCh—2022 ga chiqa olmasa ingliz klubining imkoniyatlari oshadi (The Telegraph);

 

▫️“Arsenal” “Yuventus” futbolchisi Deyan Kulusevskiga qiziqish bildirmoqda. Futbolchi yanvardayoq APLga yo’l olishi mumkin (Janluka di Marsio);

 

▫️“Latsio” klubi “Chelsi” darvozaboni Kepa Arrisabalagani ijaraga olmoqchi (AS);

 

▫️“Man Yunayted” qishda tarkibni kuchaytirish uchun Ralf Rangnikka pul ajratadi. Nemis “Leypsig” yarim himoyachisi Amadu Aydarani olib kelishni mo’ljal qilmoqda (The Times).