O’zbekiston poytaxtida o’tayotgan boks bo’yicha yoshlar o’rtasidagi Osiyo chempionatida bugun ikkinchi kun bahslari o’tkaziladi.
O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasining xabar berishicha, bugungi dasturda ikki nafar vakilimiz ringga ko’tarilishi belgilangan.
Dastlab -57 kg vazn toifasida Dilshod Abdulmurodov iroqlik Muhammed Makassesga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bahs taxminan 16:45 da boshlanadi.
Ikkinchi bokschimizning chiqishi kunning eng so’nggi dasturiga to’g’ri kelmoqda. Unda -91 kg vazn toifasida Javohir Tog’aymurodov tojikistonlik Davlat Boltayevga qarshi jang qiladi. Bellashuv vaqti taxminan 18:30 ga to’g’ri keladi.
Izohlarni ko`rish