Son mushaklarini shikastlab olgan Fati jarrohlik stoliga yotishi mumkin. Uni qay yo’l bilan davolash masalasi bo’yicha yaqin orada qaror chiqariladi.
«Barselona» operatsiya orqali futbolchining sonidagi muammoni hal qilmoqchi. Jarrohlik amaliyotiga klub shifokorlari va murabbiylar shtabi ham rozi. Yakuniy qaror Fati va uning oilasi bilan bo’ladigan uchrashuvdan keyin qabul qilinadi.
Eslatib o’tamiz, Ispaniya Kubogi doirasidagi o’yinda Fatining jarohati qaytalangandi. U mazkur jarohat sabab noyabr oyida safdan chiqqandi.
Izohlarni ko`rish