Boks bo’yicha Toshkentda o’tadigan Jahon birinchiligining sovrin jamg’armasi qanchani tashkil qilishi ma’lum bo’ldi.
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) Toshkentda bo’lib o’tadigan boks bo’yicha jahon chempionatining sovrin jamg’armasini ma’lum qildi. Umumiy sovrin jamg’arma 5,2 million AQSh dollari bo’ladi.
Oltin medal sohiblari — 200 ming dollar, kumush egalari — 100 ming dollar, bronza sohiblari — 50 ming dollarga ega bo’ladi.
Izohlarni ko`rish