Lionel Messi faoliyati davomida ko’plab jamoaviy va individual sovrinlarni qo’lga kiritgan.
Argentinalik futbolchi shunday sovrinlardan birini «PSJ»dagi jamoadoshi Leandro Paredesga sovg’a qildi. Bu — Ispaniya chempionatining mavsum-2020/2021dagi eng yaxshi o’yinchisi sovrini. Messi La ligadagi faoliyati davomida 9ta shunday sovringa ega chiqqan.
«Messi Parijga kelganida, men undan individual sovrinlardan birini menga berasanmi, deb so’ragandim. U esa menga hadya qildi», – dedi Paredes.
Izohlarni ko`rish