FIFA 20 yoshgacha bo’lgan futbolchilar o’rtasidagi Jahon chempionatining yangi mezbonini ma’lum qildi. Unga ko’ra, Argentina davlati yoshlar o’rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi, deya xabar bermoqda O’FA Axborot xizmati.
Ushbu yirik musobaqa joriy yil 20 may — 11 iyun sanalarida o’tkaziladi. Ma’lum qilinishicha, musobaqa sanasi o’zgarishsiz qoladi. Shuningdek, mundialga qur’a tashlash marosimi 21 aprel kuni Syurixda bo’lib o’tadi.
Eslatib o’tamiz, bundan avval Jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqi Indoneziyaga berilgan edi. Biroq, Mamlakatda Isroilning mundialda qatnashishiga norozilik namoyishlari avj olgani uchun FIFA ularga nisbatan sanksiya qo’lladi.
Izohlarni ko`rish