«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning o’yini haqida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.
«Men Krishtianuni qo’llab-quvvatlamoqchiman. O’yinchilarga ma’lum talablarimiz bor. Ronaldudan maksimal darajada foydalanmoqchiman. Hozir uning formasi mavsum boshidagidan yaxshiroq. Shuning uchun men undan mamnunman. U bilan bog’liq holat bir narsani isbotlaydi – hech kim mavsumoldi mashg’ulotlarni o’tkazib yubormasligi kerak», – dedi ten Hag.
37 yoshli Ronaldu joriy mavsum «Manchester Yunayted» va Portugaliya terma jamoasi tarkibida 12 ta o’yinda qatnashib, 2 ta gol urdi hamda 2 ta golli pas uzatdi.
Izohlarni ko`rish