The Guardian yilning eng yaxshi futbolchilarini e'lon qildi

Lionel Messi The Guardian talqiniga ko’ra, 2022 yilning eng yaxshi o’yinchisi deb topildi.

Nashr reytingida 2-o’rindan «PSJ» va Fransiya milliy jamoasi forvardi Kilian Mbappe joy olgan bo’lsa, 3-pog’onadan «Real» hujumchisi Karim Benzema joy olgan.

4-o’rinni o’tgan yil «Borussiya» va «Manchester Siti»da to’p surgan Erling Holand egallagan bo’lsa, Luka Modrich («Real») beshlikni yopib bergan.

Top-10likdan Kevin de Bryuyne (6-o’rin, «Manchester Siti»), Robert Levandovski (7-o’rin, «Barselona»), Vinisius Junior, Tibo Kurtua (8 va 9-o’rinlar, ikkisi ham – «Real») va Muhammad Saloh (10-o’rin, «Liverpul») joy olgan.

Ma’lumot uchun, Messi 2021 yil nashr talqiniga ko’ra 2-o’rindan joy olgandi. U 2022 yilda klubi bilan Fransiya chempioni va milliy jamoasi bilan JCh-2022 chempionligini qo’lga kiritdi.