Shomurodovning «Spetsiya»ga transferi borasida yana bir detal oydinlashdi

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov yaqin soatlar ichida «Roma»dan «Spetsiya»ga o’tishi kutilmoqda.

La Gazette Dello Sport nashri bergan xabarlarga ko’ra, Shomurodovning «Spetsiya» safiga o’tishi evaziga rimliklar ularning iqtidorli o’ng qanot himoyachisi Emil Xolmni yozda qo’lga kiritish imkoniyatiga ega bo’ladi. Shu orqali rimliklar Yevropaning ko’plab klublari tomonidan qiziqish bildirilayotgan futbolchini o’z safiga qo’shib oladi.

Xolm 22 yoshda. Shvetsiya terma jamoasi a’zosi. Uning «Spetsiya» bilan shartnomasi 2026 yilgacha tuzilgan. Transfermarkt portalida 2,50 million yevroga baholanayotgan futbolchi joriy mavsumda jami 21 ta o’yinda 1 ta gol urib, 2 ta golli uzatma berdi.

Avvalroq «Spetsiya» Shomurodovning ijarasi uchun 1,5 million yevro sarflashi ma’lum bo’lgandi.