“Tata Steel Chess-2023”: Nodirbek Abdusattarov va Giri Anish o'yini durang bilan tugadi

Musobaqaning 11-turida “Masters” guruhining yetakchilari Nodirbek Abdusattorov hamda niderlandiyalik Giri Anish o’rtasidagi bahsga qizg’in tus oldi. Niohoyat o’yin murosa bilan tugadi va ikki shaxmatchi ham o’z hisoblariga 0.5 ochkodan yozib qo’ydilar.

Ochkolari hisobini 7.5 taga yetkazib olgan Abdusattorov hamon peshqadamlikni saqlab turibdi.

Shuningdek, niderlandiyalik Maks Varmerdamga qarshi bahs olib borgan Javohir Sindorov ham durang qayd etdi. Ushbu natijadan so’ng Sindorov ochkolarini 7 taga yetkazib oldi va sovrinli o’rinlar uchun kurashni davom ettirmoqda.