Gimnastikachimiz Oksana Chusovitina Dohada o’tayotgan Jahon kubogi bahslarining final bosqichida, o’ziga qulay bo’lgan tayanib sakrash dasturida qatnashib, 13.433 ochko jamg’argan holda Jahon kubogi oltin medaliga sazovor bo’ldi.
Chusovitina medallar uchun asosiy raqobatda Vengriya va rossiyalik raqibalarini ortda qoldirib, chempionlikka erishdi.
Sport gimnastikasi bo’yicha Jahon kubogi, Doha
(tayanib sakrash)
Ayollar:
1. Oksana Chusovitina (O’zbekiston) – 13.433
2. Mariya Baskay (Vengriya) – 13.150
3. Viktoriya Listunova (Rossiya) – 13.133.
Ma’lumot o’rnida, uch karra jahon, bir karra Yevropa, ikki karra Osiyo O’yinlari g’olibi bo’lgan 46 yoshli Chusovitina ketma-ket 8 marta Olimpiya o’yinlarida ishtirok etgan ilk sportchi sifatida Ginnesning rekordlar kitobidan joy olgan. Shuningdek, hamyurtimiz 1992 yilgi Barselona Olimpiadasi g’olibi sanaladi.