Shomurodov Turin klubiga o'tadi

Mashhur insayder Nikolo Skira tarqatgan xabarga ko’ra, legionerimiz «Roma» sharafini himoya qilayotgan Eldor Shomurodov «Torino» bilan shaxsiy shartlar bo’yicha kelishuvga erishgan.

Endi faqatgina rimliklar bilan moliyaviy tomon hal qilinsa bo’lgani. Katta ehtimol bilan, vakilimiz Turinga ijara asosida ko’chib o’tadi.

Avvalroq, Shomurodovga «Kremoneze», «Bolonya» kabi klublardan ham qiziqish borligi aytilgandi.