Bahodir Jalolov yangi reytingda TOP-15 talikka kirdi

Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan Butunjahon boks kengashi (WBC) dekabr oyi bo’yicha reytingni yangiladi.

Unda sportchilarimiz o’rinlari bilan tanishing:

Og’ir vazn: Bahodir Jalolov TOP-15 talikda qayd etildi va 14-o’rindan joy oldi;

Super o’rta vazn toifasi (76,2 kg): Azizbek Abdug’ofurov 11-o’rin, Bektemir Meliqo’ziyev 26-o’rin;

Super yarim o’rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 8-o’rin;

Yarim o’rta vazn (66,6 kg): Qudratillo Abduqahhorov 18-o’rin, Shahram G’iyosov 21-o’rin, Jamshidbek Najmitdinov 29-o’rin;

Super yengil vazn (63,5 kg): Shohjahon Ergashev 11-o’rin; Botir Ahmedov 22-o’rin;

Birinchi o’ta yengil vazn (48,8 kg): Hasanboy Do’smatov 13-o’rin.