«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag Krishtianu Ronalduni jamoada qolishga ishontirmoqchi.
Xabaringiz bor, seshanba kuni portugaliyalik futbolchi klub bilan kelajagini muhokama qilgan, biroq murosaga kelishmagan. Jurnalist Manu Saynsning so’zlariga ko’ra, futbolchi Erik ten Xag ham shaxsan suhbatlashgan, biroq suhbat «tarang» deb ta’riflangan. Niderlandiyalik murabbiy Ronalduni qolishga ko’ndirib, uni loyihaning istiqboliga ishontirmoqchi bo’ldi, biroq murabbiyning bu so’zlari Ronalduda unchalik taassurot qoldirmadi, shu sababli, portugaliyalik futbolchi fikridan qaytmadi va baribir klubni tark etmoqchi.
Yaqin vaqtgacha «Atletiko» Krishtianu Ronalduga asosiy da’vogar hisoblanardi, ammo Madrid prezidenti «Manchester Yunayted» yulduziga qiziqish haqidagi ma’lumotni rad etdi.