“45 kg vazn toifasidagi yunon-rum kurashchisi hal qiluvchi final uchrashuvida eronlik Farzad Balutakini so’nggi usul evaziga mag’lub etib, oltin medalga ega chiqdi”, deyiladi xabarda.
Shahzod Ro’zioxunov Toyloq olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejining 9-sinf o’quvchisi.
Osiyo chempionati Qirg’iziston poytaxti Bishkek shahrida bo’lib o’tmoqda. Unda erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo’yicha o’smirlar (U 17) hamda yoshlar (U 23) ishtirok etmoqda.
Izohlarni ko`rish