Hindistonda velosportning trek yo’nalishi bo’yicha Osiyo chempionati o’z yakuniga yetdi. 18-22 iyun kunlari o’tgan musobaqada O’zbekiston terma jamoasi vakillari 8ta medal qo’lga kiritishdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, yoshlar o’rtasida ochkolar bo’yicha guruh poygasi dasturida kechgan bellashuvlarda o’zbek sportchilari raqiblarini katta farq bilan ortda qoldirishga erishdi.
Velosport bo’yicha OCh,
Yigitlar, ochkolar bo’yicha guruh poygasi (U-20):
1. Farruh Bobosherov (O’zbekiston) – 74 ochko;
2. Li Sungyonu (Koreya Respublikasi) – 24;
3. Yumnam Birdjit (Hindiston) – 23.
Shuningdek, bugungi bellashuvlarda Asal Rizayeva, Nafosat Koziyeva hamda Yanina Kuskova juftligi medison dasturida bronza medallariga sazovor bo’lishgani aytiladi. Shu tariqa, velotrek bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi qit’a birinchiligini 1 ta oltin va 7 ta bronza medallari bilan yakunladi.
Jamoa quyidagi yo’nalishlarda medallarga sazovor bo’ldi:
Oltin:
Farruh Bobosherov – yoshlar o’rtasida ochkolar bo’yicha guruh poygasi.
Bronza:
Yanina Kuskova – ayollar o’rtasida individual poyga;
Sofiya Karimova – qizlar o’rtasida ochkolar bo’yicha guruh poygasi;
Vladislav Troman – yigitlar o’rtasida omnium poygasi;
Yanina Kuskova – ayollar o’rtasida ochkolar bo’yicha guruh poygasi;
Sofiya Karimova – qizlar o’rtasida skretch dasturi;
Asal Rizayeva – qizlar o’rtasida omnium dasturi;
Nafosat Koziyeva hamda Yanina Kuskova – ayollar o’rtasida medison, juftlik.