Jahon chempioni Diego Maradonani davolashda qatnashgan 8 nafar tibbiyot xodimi og’irlashtiruvchi odam o’ldirish ayblovi bilan sudga berilgan. Argentinaning San-Isidro shahri sudi sud jarayonini boshlagan.
Xabaringiz bor, 2021 yilda bosh prokuratura Maradona o’limi bilan bog’liq ishni sudga oshirgandi. Asosiy ayblanuvchilar neyroxirurg Leopolde Luke, psixiatr Astana Kosachev va psixolog Karlos Dias 8 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Surishtiruv ishlari aynan Maradona o’lgan 2020 yil 25 noyabr kuni uydagi davolanish paytida nima bo’lganini aniqlashga qaratilgandi. U 11 noyabrdan to vafotiga qadar bosh miyadagi subdural gemotoma operatsiyasidan keyin o’sha uyda davolangan.
Bosh prokuraturaning aniqlashicha, jiddiy operatsiyadan keyin bemorga qarab turish standartlari buzilgan.
Eslatib o’tamiz, Maradona 2020 yilda o’tkir yurak yetishmovchiligidan 61 yoshida vafot etgan.