Futbolchi og’iz ochiq paytda yetarli suyuqlik ichish va oqsilga boy taomlardan yeyishi muhim.
Saharlikda qovurilgan, tuzi mo’l, yog’li, achchiq, o’ta shirin taomlar yemagan ma’qul. Dimlangan taomlar, sut mahsulotlari, tuxum va bo’tqalar esa maqbul.
Iftorlikda salatlar, dukkakli suyuq hamda me’daga tegmaydigan quyuq taomlar, mevalar foydali.
Mashg’ulot yoki o’yin mahali og’iz ochishga to’g’ri kelganda, suvdan so’ng ikki dona xurmo va bitta banan kifoya.
Izohlarni ko`rish