Dunyodagi eng uzun soqol egasi sifatida tan olingan, Kanadaning Britaniya Kolumbiyasining Sarri shahrida yashovchi fuqaro ikkinchi marta o’z rekordini yangiladi va soqolini 2,54 metrgacha o’stirdi. Bu haqda Ginnes rekordlar kitobi saytida e’lon qilingan xabarda aytiladi.
Qayd etilishicha, Kanadada yashovchi va sikxizm diniga e’tiqod qiluvchi sikx Sarvan Singx 17 yoshidan beri soqol o’stirish bilan shug’ullanadi. Bu odam Kanadaga birinchi marta oltin ibodatxonada diniy madhiyalarni kuylashga taklif qilinganida kelgan. Mahalliy jamoa undan qolishini va ularga guru ta’limotlarini o’rgatishini iltimos qilishgan. U birinchi marta 2008 yilda soqolining uzunligini o’lchagan. Keyin u 2,33 metrni tashkil etdi. Erkak avvalgi rekordni yangiladi va dunyodagi eng uzun soqol egasi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Undan oldin bu unvonni shvetsiyalik Birger Pellas egallagan, uning soqoli 1,77 metr edi.
2010 yilda Sarvan yana soqolini o’lchadi va 2,495 metr uzunlikdagi soqol bilan yangi rekord o’rnatdi. Endi uning uzunligi 2,54 metrni tashkil qiladi. Sarvan hech qachon soqolini kesmagan va har kuni unga ehtiyotkorlik bilan qaraydi: yuvadi, quritadi, konditsioner va moy surtadi, keyin taraydi. Qiyin parvarishlarga qaramay, erkak soqolini yaxshi ko’radi.
Odatda kun davomida u soqolini bog’lab qo’yadi, lekin maxsus tadbirlarda va diniy marosimlarda uni bo’shatadi. Sarvon soqolini Xudoning sovg’asi deb biladi va o’zining rekordi bilan faxrlanadi.
Sikx jamoasi suvga cho’mgan sikxlar uchun imonning beshta majburiy atributlaridan biri sifatida soqolni saqlash muhimligini ta’kidlaydi.