«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronalduning klubini o’zgartirishga urinishidagi asosiy omil – Chempionlar Ligasi to’purari nomi uchun kurashda «PSJ» hujumchisi Lionel Messidan o’zib ketish istagi, deb yozmoqda The Athletic.
Manbaning xabariga ko’ra, 37 yoshli portugaliyalik Chempionlar ligasida o’ynashni davom ettirmoqchi va turnirning guruh bosqichida gollar bo’yicha Messidan oldinga o’tishga harakat qilmoqda.
Eslatib o’tamiz, hozirda 35 yoshli argentinalik futbolchi Ronaldudan uchta gol ko’p – 73 golga qarshi 76 ta gol.
Shu bilan birga, «Manchester Yunayted» forvardi Chempionlar ligasida urilgan gollar soni bo’yicha «PSJ» hujumchisidan ustunligini saqlab qolmoqchi. Ayni paytda Krishtianuda 140ta, Leoda esa 125ta gol bor.
Shuningdek, portugaliyaliklarning mankunianliklar klubini tark etishida sovrinlar yutish istagi va oilaviy sharoit ham ta’sir ko’rsatmoqda.
O’tgan mavsumda Ronaldu “Manchester Yunayted” safida barcha musobaqalarda 39 ta o’yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo’ljallangan.