Italiya klubi Shomurodovga qiziqish bildirganini tasdiqladi

«Monsa» klubi sport direktori Filippo Antonelli Italiyaning «Roma» klubi hujumchisi Eldor Shomurodovning ehtimoliy transferi haqida gapirdi.

“Shomurodov – bizga yoqadigan kuchli futbolchi. Ammo hozircha aytish mumkin bo’lgan narsa shu», – deya Agomerining so’zlaridan iqtibos keltiradi Chempionat.com.

Rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino umid qilmayotgan O’zbekiston terma jamoasi hujumchisiga «Torino», «Sampdoriya», «Bolonya» va «Sassuolo» klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida avvalroq xabar berilgandi.

O’tgan mavsumda «Rostov»ning sobiq futbolchisi «Roma» safida 40ta o’yinda maydonga tushib, 5ta gol va 6ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Transfermarkt portali Shomurodovni 8 million yevroga baholamoqda.