Ronalduni «MYu»dan boshqa jamoada o'ynashini tasavvur qila olmasdim, ammo…

Mashhur  britaniyalik sport jurnalisti, boshlovchi Pirs Morgan Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. U yaqindagina Ronaldu bilan bog’langan:

«O’tgan hafta u bilan yetarlicha suhbatlashdik. Men o’sha suhbatga qadar Ronalduni «MYu»dan boshqa jamoada o’ynashini tasavvur qila olmasdim. Lekin uning gaplari fikrimni o’zgartirdi. U boshqa jamoaga o’tishi mumkin».

37 yoshli yulduz «MYu»ning transferlar siyosatidan hafa ekanini bildirgan. Uning jamoasi yangi mavsumda YeChLda ishtirok etmaydi.