Dunyoning eng yaxshi va eng yomon pasportlari ro'yxati e'lon qilindi

Londonda joylashgan Henley & Partners konsalting firmasi tomonidan chop etiladigan choraklik hisobotida dunyoning eng kuchli pasportlari ma’lum qilindi, deb yozadi CNN.

Yaponiya fuqarolari Singapur va Janubiy Koreyani ortda qoldirib, dunyo bo’ylab rekord darajadagi 193 ta yo’nalishda vizasiz sayohat qilish imkoniyatini qo’lga kiritgan bo’lsa, qolgan ikki mamlakat 192 ta yo’nalishga ega.

2022 yil iyul oyida sayohatchilar uchun eng yaxshi pasportlar: Yaponiya (193 ta yo’nalish vizasiz sayohat), Singapur, Janubiy Koreya (192 ta yo’nalish), Germaniya, Ispaniya (190 ta yo’nalish), Finlyandiya, Italiya, Lyuksemburg (189 ta yo’nalish), Avstriya, Daniya, Niderlandiya, Shvetsiya (188 ta) yo’nalishlar), Fransiya, Irlandiya, Portugaliya, Buyuk Britaniya (187 ta yo’nalish), Belgiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Shveysariya, AQSh (186 ta yo’nalish), Avstraliya, Kanada, Chexiya, Gretsiya, Malta (185 ta yo’nalish), Vengriya (183 ta yo’nalish), Litva, Polsha, Slovakiya (182 ta yo’nalish).

2022 yil iyul oyida sayohat qilish uchun eng yomon pasportlar: Shimoliy Koreya (40 ta davlat), Nepal, Falastin hududi (38 ta yo’nalish), Somali (35 ta yo’nalish), Yaman (34 ta yo’nalish), Pokiston (32 ta yo’nalish), Suriya (30 ta yo’nalish), Iroq ( 29 ta yo’nalish), Afg’oniston (27 ta yo’nalish).