Diyorbek Ermatov Osiyo chempionatida 2ta medal qo'lga kiritdi

O’smirlar o’rtasida -73 kg vazn toifasida ishtirok etgan Diyorbek Ermatov dast ko’tarish mashqida 137 kg natija bilan oltin medalga sazovor bo’ldi.

Ikki kurash bo’yicha 287 kg ko’rsatkich bilan uchinchi pog’onadan joy oldi.

Shu tariqa, Diyorbek Ermatov respublikada o’tayotgan o’smirlar va yoshlar o’rtasidagi Osiyo chempionatida 1ta oltin va 1ta bronza medalini qo’lga kiritdi.