Ronalduga malakali oshpaz kerak

Portugaliya terma jamoasi va «An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu uy xizmatchilari bilan bog’liq muammoga duch keldi. Bu haqda Daily Mail nashri ma’lum qildi.

Manbaga ko’ra, 37 yoshli futbolchi Portugaliyaning Kvintada-Marinya hududidagi uyiga sushi oshpazini topa olmayapti. Ronaldu va uning turmush o’rtog’i Jorjina Rodriges oshpazdan boshqa mamlakatlardan an’anaviy portugal taomlari, sushi va boshqa taomlarni tayyorlash imkoniyatiga ega bo’lishini xohlaydi. Qayd etilishicha, bu masala futbolchiga bosh og’rig’i bo’lmoqda.

Uy qurilishi 2023 yil iyun oyida yakunlanishi rejalashtirilgan. Bu Ronalduning asosiy oilaviy qarorgohiga aylanishi kerak.