Yuzda qora nuqtachalar paydo bo'lishini asosiy sabablari?

Noto’g’ri ovqatlanish.

Qora nuqtachalar paydo bo’lishining yana bir sababi noto’g’ri ovqatlanish hisoblanadi.

-Haddan ortiq alkogolli ichimliklar, shirin pishiriqlar, achchiq va yog’li ovqatlar iste’mol qilish terining holatiga ta’sir qiladi tabiiyki, ijobiy tarzda emas.

-Qo’llarni teriga hadeb tegizaverish ham yuzda qora nuqtalarning paydo bo’lishigaolib keladi, ayniqsa, yuz terisida, chunki barmoqlarda ko’p miqdorda kir va mikroblar to’plangan bo’ladi.

-Gormonal o’zgarishlar. O’smirlik yoshida, mensturatsiya, homiladorlik va klimaks davrida teridagi yallig’lanishlar aynan gormonlar faoliyati tomonidan chaqirilgan bo’lishi mumkin.

-Terini haddan tashqari ko’p tozalash. Ha, bu ham to’g’ri. Agar yuz kuniga bir necha marta sovunlab yuvilsa, yana bir necha marta losyon yoki toniklar bilan artilsa va yakuniga spirt bilan dezinfeksiyalansa, bunda yuzning himoya qavatini batamom nobud qilish mumkin.

-Chekish. Bu zararli odat terini xira va qari qilishidan tashqari, tamaki tutuni terida yallig’lanish jarayonlariga turtki ham bo’ladi.

SoglomHayot