Bugun barcha intiqib kutgan o'yin bor!

Bugun «Pari Sen-Jermen» jamoasi Ar-Riyod yulduzlaridan iborat jamoaga qarshi maydonga tushadi.
Shou sifatida tashkil etilayotgan o’rtoqlik uchrashuvida parijliklar «Al-Nassr» hamda «Al-Hilol» klublarining yetakchi futbolchilaridan tuzilgan tarkib bilan bellashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Riyodliklar tarkibida Krishtianu Ronaldu sardor sifatida jamoani maydonga boshlab tushadi. Avvalroq, bahs qaydnomasi e’lon qilingandi.

Ronaldu va Messi so’nggi bor 2020 yilning 9 dekabrida to’qnash kelgandi. O’shanda Krishtianu «Yuventus», Messi «Barselona» sharafini himoya qilgan.