«Yuventus» rahbariyati 2021 yilda hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan maxfiy shartnoma imzolagan.
Ma’lumotlarga ko’ra, klub vaqt o’tishi bilan norasmiy tarzda pul olish maqsadida futbolchilar bilan maoshlarni kamaytirish bo’yicha shartnoma tuzgan. 2021 yilning 20 aprelida “Yuventus”ning yuridik bo’limi boshlig’i Chezare Gabasio messenjerida Ronaldu shunday shartnoma imzolashga tayyorligini, unga ko’ra 19,9 million yevro olishini yozgan edi.
Ayni damda prokuratura «Yuventus»ning moliyaviy firibgarliklarini tekshirishni davom ettirmoqda. Klubdan allaqachon A Seriyada 15 ochkoni olib tashlagan.
Izohlarni ko`rish